2020 yil 17 oktyabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 62 913 (+104) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
— 92 nafari Toshkent shahrida,
— 12 nafari Toshkent viloyatida koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi uchun namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Bugun ayni paytga qadar:
— Toshkent shahrida 51 nafar,
— Toshkent viloyatida 45 nafar,
— Jizzax viloyatida 13 nafar,
— Andijon viloyatida 10 nafar,
— Namangan viloyatida 19 nafar,
— Xorazm viloyatida 12 nafar,
— Samarqand viloyatida 7 nafar,
— Qashqadaryo viloyatida 15 nafar,
— Surxondaryo viloyatida 10 nafar,
— Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6 nafar,
—Sirdaryo viloyatida 15 nafar bemor tuzaldi.
Ayni paytda yurtimizda 59 959 (+203) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (95 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 2 430 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.