Bugun 26 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonda uy-joy bozori oktyabr oyida faollashdi

 O‘zbekistonda uy-joy bozori oktyabr oyida faollashdi

🔍Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi oktyabr oyidagi O‘zbekiston uy-joy bozori dinamikasi bo‘yicha yangilangan tahlilni taqdim etdi.

📊Oy davomida uy-joy oldi-sotdi bitimlari 12% ga oshib, 27,1 mingtani tashkil etdi. Bu 2023 yil avgustidan buyon qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich.

📊 Eng katta oylik o‘sish Xorazm, Buxoro va Toshkent viloyatlarida kuzatilib, bu hududlarda uy-joy oldi-sotdi bitimlari o‘rtacha 26 %ga ko‘paydi.

📊 Oktyabr oyida ikkilamchi uy-joy bozoridagi narxlar dinamikasi biroz tezlashdi. Bir oy ichida 1 kv.m. uchun o‘rtacha narx 2,4% ga oshdi, sentyabrda bu ko‘rsatkich 0,6% bo‘lgan edi.

📉 Oktyabr oyida Toshkentda o‘rtacha ijara narxlari o‘tgan oy darajasida qolib, 1 kv.m uchun 8,5 dollarni tashkil etdi. Shu bilan birga, o‘tgan yil oktyabriga nisbatan Toshkentda uy-joy ijara narxlari 1,6% ga oshdi.

Kiritildi: 09:16 25.11.2025. O'qildi: 460 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!