Bugun 26 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekiston milliy jamoasi JCH-2026 qur’asida uchinchi savatdan joy oldi

O‘zbekiston milliy jamoasi JCH-2026 qur’asida uchinchi savatdan joy oldi

FIFA 2026 yilgi Jahon chempionati qur’asi savatlari haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy jamoasi 3-savatdan o‘rin oldi.

Milliy jamoalar savatlarga quyidagicha taqsimlandi:

O‘zbekiston milliy jamoasi JCH-2026 qur’asida uchinchi savatdan joy oldi

1-savat: Kanada, Meksika, AQSh (mezbonlar), Ispaniya, Argentina, Fransiya, Angliya, Braziliya, Portugaliya, Niderlandiya, Belgiya, Germaniya

2-savat: Xorvatiya, Marokash, Kolumbiya, Urugvay, Shveysariya, Yaponiya, Senegal, Eron, Janubiy Koreya, Ekvador, Avstriya, Avstraliya

3-savat: Norvegiya, Panama, Misr, Jazoir, Shotlandiya, Paragvay, Tunis, Kot-d’Ivuar, O‘zbekiston, Qatar, Saudiya Arabistoni, Janubiy Afrika

4-savat: Iordaniya, Kabo-Verde, Gana, Kyurasao, Haiti, Yangi Zelandiya, Yevropa pley-off jamoalari (A, B, C, D guruhi g‘oliblari), FIFA qit’alararo pley-off bosqich 1 va 2-g‘oliblari.

Guruhlarni shakllantirishda har bir savatdan bittadan jamoa olinadi. Shu tariqa, 4 ta jamoadan iborat 12 ta guruh yuzaga keladi. Demak, 3-savatdan joy olgan Norvegiya, Panama, Misr, Jazoir, Shotlandiya, Paragvay, Tunis, Kot-d’Ivuar, Qatar, Saudiya Arabistoni va JAR guruh bosqichida O‘zbekistonga raqib bo‘lmaydi. Shuningdek, bitta konfederasiyadagi jamoalar guruh bosqichida bir-biriga duch kelmaydi. Faqat UYEFA bundan mustasno, chunki ishtirokchilar soni 12 tadan ko‘p.

Guruhda 1- va 2- o‘rinni egallagan jamoalar, shuningdek, uchinchi o‘rinni egallagan jamoalarning eng yaxshi ko‘rsatkichga ega 8 tasi pley-offga chiqadi.

Qur’a tashlash marosimi 5 dekabr kuni AQSh poytaxti Vashingtonda joylashgan «The Kennedy Center» majmuasida o‘tkaziladi. Tadbirda O‘FA rahbariyati, O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro, murabbiylar shtabi hamda FIFA tomonidan maxsus taklif etilgan o‘zbek futboli afsonasi Mirjalol Qosimov ishtirok etadi.

JCH-2026 bahslari 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 23:42 25.11.2025. O'qildi: 787 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!