AQSh ma’muriyati Venesuela prezidenti Nikolas Maduroga qarshi bosimni kuchaytirish maqsadida mamlakat poytaxti Karakas ustidan varaqa sochmoqchi, deb xabar berdi CBS News. AQSh psixologik urushning ushbu usulidan 2003 yilda Iroqqa bostirib kirish arafasida ham foydalangan edi.
Varaqada Nikolas Maduroni hibsga olishga yordam beruvchi ma’lumot uchun ko‘p million dollarlik mukofot berilishi qayd etiladi.
Maduro Qo‘shma Shtatlarda rasman terroristik tashkilot yetakchisi deb e’lon qilindi va uni qo‘lga olish uchun 50 million dollar mukofot va’da qilindi.