Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning 1 avgust holatiga O‘zbekistonda umumiy ovqatlanish sohasida 29 582 ta tijorat korxonasi faoliyat yuritmoqda.
🏬 Shundan 147 tasi yirik korxona, 29 435 tasi kichik korxona va mikrofirmalardir.
💸 2026 yilning yanvar–iyul oylarida umumiy ovqatlanish korxonalarining tovar aylanmasi 171 trln so‘mga yetdi.
📊 Bu ko‘rsatkich 2025 yilning mos davriga nisbatan real hisobda 16,7 foizga oshgan.