"Bunga, xususan, uning Xavfsizlik Kengashini kengaytirish, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining vakolatxonalarini kengaytirish yordam beradi," - dedi Rossiya rahbari Nyu-Dehlida bo‘lib o‘tgan BRIKS sammiti yig‘ilishida.
Shuningdek, Rossiya rahbari Moskva BMTning jahon ishlaridagi rolini saqlab qolish va mustahkamlashga alohida ahamiyat berishini qo‘shimcha qildi.
Rossiya prezidentining BRIKS sammitidagi asosiy bayonotlari:
▪️BRIKS teng huquqlilik va yaxshi qo‘shnichilik asosida rivojlanmoqda;
▪️Birlashmaning jahondagi nufuzi o‘sishda davom etmoqda;
▪️A’zo mamlakatlar asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni chuqurlashtirmoqda;
▪️BRIKS davlatlari jahon yalpi ichki mahsulotining qariyb 40 foizini va sayyora aholisining deyarli yarmini tashkil etadi;
▪️Ko‘p qutbli dunyoning shakllanishi mamlakatlarni "gullab-yashnayotgan bog‘" va "yovvoyi o‘rmon"ga ajratayotganlarning qarshiligiga duch kelmoqda.