Bugun 13 sentyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Zelenskiy Putinga Mayamida uchrashishni taklif qildi

Zelenskiy Putinga Mayamida uchrashishni taklif qildi

Ukraina Prezidenti Vlodimir Zelenskiy dekabr oyida AQShning Mayami shahrida bo‘lib o‘tadigan G20 sammiti doirasida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishga tayyorligini ma’lum qildi.

Zelenskiy bu haqda Deutsche Welle nashriga bergan intervyusida aytdi. Uning ta’kidlashicha, muhim qarorlarni qabul qilish uchun tomonlar shaxsan uchrashib, muzokara olib borishi zarur.

“Biz u yerda bo‘lishimiz kerak. Biz uchrashishimiz, gaplashishimiz va qaror qabul qilishimiz kerak”, — dedi Zelenskiy.

U uchrashuv vaqtida Putinga nima deyishidan ko‘ra, muzokaralar qanday natija bilan yakunlanishi muhimroq ekanini ta’kidladi.

“Gap so‘zlarda emas. Men unga nima deyishim yoki u menga nima demoqchi ekani muhim emas. Muhimi — natija. Hammasi shu”, — dedi Ukraina Prezidenti.

Kiritildi: Bugun 15:02. O'qildi: 864 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!