Bugun 14 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Oshqozon osti bezi saratonini davolashning yangi usuli topildi

Oshqozon osti bezi saratonini davolashning yangi usuli topildi

Mayami universitetining Silvestr nomidagi Kompleks onkologiya markazi olimlari IL1RAP (hujayralarning yallig‘lanish signallarini qabul qilishida ishtirok etuvchi oqsil) reseptorini bloklash orqali oshqozon osti bezi o‘smasi mikro muhitini o‘zgartirish usulini aniqladilar.

Report agentligining xabar berishicha, tadqiqot natijalari JCI Insight jurnalida e’lon qilingan.

IL1RAP yallig‘lanish signallarini uzatishda ishtirok etadi. U o‘sma hujayralari, immun hujayralar va fibroblastlarni o‘zaro bog‘lab, o‘smaning rivojlanishi va davolashga chidamli bo‘lishiga yordam beradi.

Klinikagacha bo‘lgan tadqiqotlarda IL1RAPni bloklash o‘smada immun tizimi faolligini susaytiruvchi hujayralar va fibroz miqdorini kamaytirib, T-hujayralar faolligini oshirgan. Natijada o‘smalar kombinasiyalangan davolashga yaxshiroq javob bergan.

Olimlar ushbu usulni operasiya qilish mumkin bo‘lgan oshqozon osti bezi saratoni bilan kasallangan bemorlar ishtirokidagi klinik sinovda tekshirishni rejalashtirmoqda. IL1RAPga yo‘naltirilgan davolash usulini operasiyadan oldin kimyoterapiya va immunoterapiya bilan birga qo‘llash ko‘zda tutilgan.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, davolashni operasiyadan oldin o‘tkazish o‘sma to‘qimasini terapiyadan oldin va keyin solishtirish, shuningdek, uning mikro muhitidagi o‘zgarishlarni baholash imkonini beradi.

Kiritildi: 13:32 13.09.2026. O'qildi: 820 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!