Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2026 yil yanvar–mart oylarida mamlakatda 191 mingdan ortiq tirik tug‘ilish qayd etilgan.
Shundan:
• 98,5 mingtasi — o‘g‘il bolalar (51,5%)
• 92,6 mingtasi — qiz bolalar (48,5%)
Tug‘ilishlarning:
• 93,7 mingtasi shaharlarda
• 97,4 mingtasi qishloq hududlarida kuzatilgan.
Bu davrda har ming aholiga nisbatan tug‘ilish koeffisiyenti 20,2 promilleni tashkil qildi.