IIV Xavfsiz turizmni ta’minlashni muvofiqlashtirish boshqarmasi turizm sohasidagi IIV xodimlarining yangi formasini taqdim etdi.
Mazkur soha xodimlarining yangi forma kiyim-boshlari bo‘yicha namunalar loyihasi ishlab chiqildi. Bugungi kunda yangi namunadagi forma tayyor bo‘lib, Toshkent shahar va poytaxt viloyati xodimlarida sinovdan o‘tkazilmoqda.
Forma kiyimini ishlab chiqishda avvalo ko‘rinishiga ahamiyat qaratildi, shu bilan birga uning qulayligi, zamonaviy dizaynga ega ekanligi ham e’tibordan chetda qolmagan. Bundan tashqari, bo‘linmalar xodimlari faoliyatining o‘ziga xos jihatlari, mamlakatimiz hududidagi iqlim sharoitlari va zamonaviy talablar inobatga olindi.
Loyiha jarayonida xorijiy davlatlar tajribasi ham o‘rganilgan edi. Urinishlar natijasi o‘laroq bugungi kunda yaratilib, xodimlar uchun taqdim etilgan forma kiyim-boshi mazkur yil davomida sinovdan o‘tkaziladi, deyiladi xabarda.