2026 yildan mamlakatimizda “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili joriy etiladi.
Endilikda tadbirkorni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonining o‘zida bir vaqtning o‘zida quyidagilar amalga oshiriladi:
🔹 elektron raqamli imzo beriladi;
🔹 bankda hisobraqam ochib beriladi;
🔹 istagiga ko‘ra ijara shartnomasi rasmiylashtiriladi;
🔹 kassa apparati soliq organida ro‘yxatdan o‘tkaziladi;
🔹 mas’ul davlat organlariga avtomatik xabarnoma yuboriladi.
Eng muhimi — barcha jarayonlar uchun kerakli vaqt hozirgi 1 hafta o‘rniga atigi 15 daqiqa bo‘ladi!