Yangi tartibga ko‘ra, inson huquqlari, sog‘liqni saqlash hamda yuridik ahamiyatga ega qarorlarni qabul qilishda faqat SI xulosalariga tayanish taqiqlanadi.
Adliya vazirligining qayd etishicha, SI bergan xulosa faqat tavsiya xarakteriga ega bo‘lib, qarorlar inson tomonidan qabul qilinishi shart.
Shuningdek, SI tizimlarini ishlab chiquvchilar foydalanuvchilarni tizim chiqargan xulosalar har doim ham to‘g‘ri bo‘lavermasligi haqida oldindan ogohlantirishi kerak.