Bugun 20 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonda so‘ngi bir oyda jinoyatchilik 29 foizga kamaydi

O‘zbekistonda so‘ngi bir oyda jinoyatchilik 29 foizga kamaydi

IIV jurnalistlarga shu yilning 15 iyul – 15 avgust kunlari o‘tkazilgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” oyligining ikkinchi bosqichi natijalarini ma’lum qildi.

Matbuot anjumanida aytilishicha, mazkur tadbir davomida 14 167 ta tezkor-qidiruv harakatlari o‘tkazildi va:

  • 2 599 ta giyohvandlik,
  • 1 576 ta uyushgan jinoyatchilik,
  • 1 650 ta korrupsiya va
  • 4 653 ta boshqa huquqbuzarlik holatlari aniqlandi.

Natijada:

  • 557,5 kg giyohvandlik vositasi,
  • 376,5 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dorilar,
  • 10,5 ming tup noqonuniy o‘simliklar musodara qilindi.

Shuningdek, 91 nafar zakladchik, internet orqali tarqatilgan 1 751 ta “narkograffiti” fosh etildi.

Jinoiy guruhlardan 858 ta pnevmatik qurol, 2 716 ta ov quroli va minglab o‘q-dorilar olindi.

Shu bilan birga, 1 033 nafar qidiruvdagi shaxs qo‘lga olinib, 584 nafar bedarak yo‘qolgan fuqaro oilalari bag‘riga qaytarildi.

Jamoat joyida olib yurish ta’qiqlangan 14 936 ta sovuq qurol (shundan 14 091 ta pichoq, 352 ta kastet, 493 ta boshqa buyum) musodara qilindi.

Profilaktika ishlari doirasida 263 765 ta ma’muriy huquqbuzarlik aniqlandi. Sudlangan shaxslar bilan 211 796 ta suhbat o‘tkazilib, 1 444 nafari ma’muriy nazoratga, 125 859 nafari profilaktik hisobga olindi.

Probasiya nazoratidagi 228 224 nafar shaxs tekshirildi, 1 808 nafarning jazosi og‘irroq turga almashtirildi, 1 030 nafar jazoni ijro etish muassasasiga qaytarildi. Shuningdek, 1 398 ta “sayyor sud”da 7 827 nafar shaxs muddatidan ilgari ozod qilindi.

18 815 nafar giyohvandlik va alkogolizmga chalingan shaxs majburiy davolanishga, 64 610 nafar mast holdagi fuqaro hushyorxonaga, 1 285 nafar fuqaro reabilitasiya markaziga, 4 799 nafar bola voyaga yetmaganlar markaziga joylashtirildi.

Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha 707 ming qoidabuzarlik qayd etildi, 85 ming avto vosita jarima maydoniga qo‘yildi. Yo‘llarda 18,7 ming belgi, 270 ta svetofor, 772 ming metr chiziqlar, 580 ta piyodalar o‘tish joyi yangidan tashkil etildi.

Oylik doirasida 153 816 ta videokuzatuv kamerasi o‘rnatilib, 6,3 ming do‘kon, 5,9 ming xonadon texnik, 2 031 ta ob’ekt jismoniy qo‘riqlovga olindi.

Olib borilgan ishlar natijasida mamlakat bo‘yicha jinoyatlar soni o‘tgan oyga nisbatan 29 foizga, oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar esa 39 foizga kamaydi.

Shu bilan birga, ichki ishlar organlari tashabbusi bilan jinoyatlarni aniqlash 50 foizga oshdi.

Kiritildi: 16:21 19.08.2025. O'qildi: 262 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!