Bugun AOKA shtabida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ishtirokida brifingda yuqoridagi savolga, quyidagi tibbiyot maskanlari nomlarini ma’lum qildi.
7-sonli tug‘uruq majmuasi, Respublika perinatal markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, 5-sonli shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, “Shohmed” xususiy klinikasi karantinga yopilganligi aytib o‘tildi. Bular — bemorlar orasida koronavirus aniqlangani sababli karantinga yopilganligi eslatib o‘tildi.