«O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoni imzolandi.
Farmonga binoan, Navro‘z va Yangi yil bayramlari, Mustaqillik kuni, Ramazon hayiti va Qurbon hayitini nishonlash davrida qo‘shimcha va ko‘chirish hisobiga ishlanmaydigan kunlar 3 kundan kam bo‘lmagan muddatga belgilanadi.
Ota-onalar, qarindoshlar, qariyalar va ustozlar bilan birgalikda sayohat qilishni nazarda tutuvchi 5 ish kunidan kam bo‘lmagan «oilaviy sayohat ta’tili» tizimi joriy qilinadi.
Bunda, «oilaviy sayohat ta’tili» yillik asosiy ta’til hisobidan taqdim etiladi va jamoaviy shartnomalarga muvofiq ish beruvchining roziligi bilan amalga oshiriladi.