Bugun 11 yanvar, 2026 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistonda qariyb 440 ming fuqaro kredit firibgarligidan o‘zini to‘liq himoyaladi – qanday?

O‘zbekistonda qariyb 440 ming fuqaro kredit firibgarligidan o‘zini to‘liq himoyaladi – qanday?

Kredit-axborot tahliliy markazi ma’lumotiga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvar holatiga “Kreditga taqiq” xizmatiga ulangan jismoniy shaxslar soni 438 322 nafarga yetdi. Shundan 292 722 nafari erkaklar, 145 600 nafari ayollar hisoblanadi.

Kreditga taqiq xizmatidan eng ko‘p 26–35 yoshdagilar foydalangan (33%). Keyingi o‘rinlarda 36–4+ yosh (24%), 26 yoshgacha (22%), 46–55 yosh (12%) va 56 yoshdan kattalar (9%) qayd etilgan.

Mazkur xizmat 2025 yil 6 iyundan boshlab ishga tushirilgan bo‘lib, u jismoniy shaxslarga o‘z ishtirokisiz yoki xabarisiz kredit rasmiylashtirilishining oldini olish imkonini beradi. Buning uchun fuqaro kredit byurosiga ariza topshirib, o‘ziga kredit ajratilishini vaqtinchalik yoki muddatsiz taqiqlashi mumkin.

Kiritildi: 17:44 10.01.2026. O'qildi: 553 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!