"Kredit-axborot tahliliy markazi" ("KATM") kredit byurosining jismoniy shaxslar uchun taklif etayotgan "Kreditga taqiq" xizmatiga qiziqish tez sur’atlarda o‘sib bormoqda.
2025 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra, ushbu xizmatdan foydalanuvchilar soni 149 465 nafarni tashkil etdi. Bu haqda Kredit-axborot tahlil markazi (KATM) kredit byurosi o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Gender kesimida xizmatdan foydalanuvchilar orasida erkaklar ustunlik qiladi — 101,4 ming, ayollar esa 47,9 ming kishini tashkil etadi.
Yosh bo‘yicha eng faollar 26–35 yoshdagilar bo‘lib, ular barcha foydalanuvchilarning uchdan birini tashkil etadi. Keyingi o‘rinlarda 36–45 yoshdagilar (25,6%) va 26 yoshgacha bo‘lganlar (19,2%) turadi.
Xizmat 6 iyundan ishga tushirilgan. Ilk ikki oyda qariyb 73 ming kishi kredit olishni taqiqlash imkoniyatidan foydalangan. Iyun oyida 33,1 ming, iyulda 37,6 ming, avgustda 37,8 ming va sentyabrda 40,8 ming kishi xizmatdan foydalangan. KATM oktyabr oyi ma’lumotlarini hali e’lon qilmadi.
“Kreditga taqiq” xizmati orqali har bir shaxs kredit byurosiga ariza berib, unga kredit yoki qarz berishni taqiqlash imkoniyatiga ega.