Bugun 15 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

"O‘zbekistonda odam savdosidan jabrlanganlarning 60 foizi ayollar, eng ko‘p Turkiya va Dubayda aldanishmoqda"

"O‘zbekistonda odam savdosidan jabrlanganlarning 60 foizi ayollar, eng ko‘p Turkiya va Dubayda aldanishmoqda"



O‘zbekistonda odam savdosidan jabrlanganlarning 60 foizidan ko‘pini ayollar tashkil etadi. Bu haqda Ijtimoiy himoya agentligi tomonidan Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish bo‘yicha Respublika reabilitasiya markazida tashkil etilgan tadbirda ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, o‘zbekistonliklar eng ko‘p Turkiya, Dubay, Gruziya davlatlarida odam savdosidan jabrlanib kelishadi. Shuningdek, qo‘shni Qozig‘iston va Qirg‘izistondan ham kelganlar ko‘p. Bundan tashqari xorijdan O‘zbekistonga ishlash maqsadida kelib, odam savdosi qurboniga aylanganlar ham bor.

“Reablitasiya markazimizda jabrlangan xorij fuqarolari ham bor, ular ko‘proq Osiyo davlatlaridan, masalan Shri-Lanka, Tailand, Vyetnam kabi mamlakatlardan kelib, aldanib, hujjatlaridan ayrilishgan”, - deydi Respublika reabilitasiya markazi Muqaddam Rasulova.

Kiritildi: 16:53 08.10.2026. O'qildi: 813 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!