Bugun 27 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistonda nimalar arzonlashdi-yu, nimalar qimmat bo‘lib ketdi?

O‘zbekistonda nimalar arzonlashdi-yu, nimalar qimmat bo‘lib ketdi?

Markaziy bank oxirgi bir yilda narxlari eng ko‘p o‘zgargan tovarlarni ma’lum qildi. O‘zbekistonda so‘nggi bir yilda 6 ta tovar narxi 30 foizdan ko‘proqqa oshdi: paxta moyi 43,5 foizga, karam va kartoshka 37 foizga, qo‘y go‘shti 32 foizga, mol go‘shti esa 30 foizga qimmatladi; metan narxi 36 foizga ko‘tarildi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga tayangan holda, 2025 yil iyun oyi yakunlari bo‘yicha yillik nisbatda narxi eng ko‘p o‘zgargan tovarlarni sanab o‘tdi. Unga ko‘ra, so‘nggi bir yilda uzum (–5,2%), bodring (–37,7%), qovoq (–29,5%), olma (–23,7%), pomidor (–23,6%) va guruch (–16,7%) narxlari sezilarli arzonlashgan.

Oxirgi 12 oyda eng ko‘p narxi oshgan oziq-ovqatlar qatorini 43,5 foizga qimmatlashgan paxta moyi boshqarib turibdi. Bu davrda karam 37,4 foizga, kartoshka 36,5 foizga, qo‘y go‘shti 32,0 foizga, mol go‘shti 30,5 foizga, kungaboqar yog‘i 28,9 foizga qimmatlagan.

2024 yil iyulidan 2025 yil iyunigacha bo‘lgan davrda nooziq-ovqat mahsulotlar narxida deyarli pasayish bo‘lmagan. Faqatgina A4 qog‘oz 6,7 foizga, maktab daftari esa 1,4 foizga arzonlashgan xolos. Narxi birozgina oshgan tovarlar jumlasiga kondisioner (+0,4%), mobil telefon (+0,8%), televizor (+1,0%) va sement (+1,3%) kiradi.

Eng ko‘p qimmatlashgan nooziq-ovqat tovar – bu metan: 36,2 foiz. Keyingi o‘rinlarni dorilar egallab turibdi: vitaminlar 12,5 foizga, antibiotiklar 11,8 foizga, antigistamin preparatlar 11,8 foizga qimmatlagan. Shuningdek, propan 11,3 foizga, atir sovun narxlari 10,3 foizga ko‘tarilgan.

Kiritildi: 06:53 22.07.2025. O'qildi: 1099 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!