Bugun 27 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Abbosbek Fayzullayev Turkiyada qancha olishi ma’lum bo‘ldi

Abbosbek Fayzullayev Turkiyada qancha olishi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Rossiyaning “SSKA” klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev faoliyatini Turkiya Superligasi vakili — “Bashakshehir” jamoasida davom ettirishi mumkin.

Turkiyalik klub futbolchining transferi uchun “SSKA”ga 7,5 million yevro to‘lashga rozi bo‘ldi. Shuningdek, kelishuvda qo‘shimcha shartlar bajarilganda 2,5 million yevrogacha bonuslar ham nazarda tutilgan. Masalan, Fayzullayev Turkiya chempionatida bir mavsumda 10 ta gol ursa yoki Konferensiyalar Ligasida nishonani topsa, bu summa amalga oshishi mumkin.

Vesti.kz nashri turkiyalik manbalarga tayanib xabar berishicha, Abbosbek Fayzullayev tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tgan va yaqin kunlarda uning transferi rasman e’lon qilinishi kutilmoqda. Yangi jamoasida uning maoshi bir necha barobarga oshishi kutilmoqda — agar “SSKA”da yiliga 100 ming yevro ishlagan bo‘lsa, “Bashakshehir”da bu summa 1 million yevrodan oshib ketishi aytilmoqda. Bundan tashqari, u bonus to‘lovlariga ham ega bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Abbosbek Fayzullayev 2023 yildan buyon “SSKA” safida to‘p surib keladi. U jamoa tarkibida 72 uchrashuvda qatnashib, 8 ta gol va 22 ta assist qayd etgan. Shu bilan birga, Rossiya Kubogi va Superkubogi g‘olibiga aylangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati hozirda 8 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 23:05 26.07.2025. O'qildi: 1232 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!