Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Ukraina va Rossiya Zelenskiy hamda Putinning uchrashuvini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Ukraina va Rossiya Zelenskiy hamda Putinning uchrashuvini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Ukraina va Rossiya Zelenskiy hamda Putinning uchrashuvini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishdi — Turkiya tashqi ishlar vaziri.

Hoqon Fidanning ma’lum qilishicha, bu kelishuv Istanbulda o‘tgan muzokaralarning uchinchi bosqichi doirasida muhokama qilingan.

"Ukraina va Rossiya yetakchilari sammitini Turkiyada o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bunda muzokaralar delegasiyalarining roli katta. Mazkur masalani tobora puxtaroq muhokama qilishimiz davomida, uchrashuvga tayyorgarlik belgilari borligini ko‘ryapman", — deya qo‘shimcha qildi Fidan.

Turkiya TIV rahbari, shuningdek, agar muzokaralar davom etsa, “oraliq kelishuvga erishish” mumkinligiga ishonch bildirdi.

Kiritildi: 12:26 26.07.2025. O'qildi: 1878 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!