Londonda o‘zini marhum malika Diana va misrlik milliarder Dodi Al-Fayedning qizi deb atagan ayol majburiy davolanish uchun ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yuborildi.
Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Paranoid shizofreniya bilan og‘rigan 35 yoshli Habiba Navid boshidagi ovozlar tufayli 72 yoshli advokat qo‘shnisiga, keyin esa mushugiga hujum qildi.
Hibsga olinganidan so‘ng, ayol Iso uni tiriltmaguncha tobutda uxlaganini aytdi. U o‘zining vazifasi butun dunyoda yovuzlikni yo‘q qilish ekanligiga amin edi.
Britaniyalik ayol polisiyaga Kristofer Braun timsolida haqiqiy shaytonni yengganini tushuntirdi. Ovozlar unga advokatni onasi bilan muomala qilgani uchun jazolashni buyurdi.
Prokurorning so‘zlariga ko‘ra, Navid yovuz ruh marhumning ichidan otilib chiqib, uning mushugiga kirganiga ishongan. Ayol xalat ostida yashiringan qoldiqlar topilganidan keyin qo‘lga olindi.