Bugun 18 dekabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

29 yoshli o‘zbekistonlik rus generalini o‘ldirganlikda gumonlanyapti

29 yoshli o‘zbekistonlik rus generalini o‘ldirganlikda gumonlanyapti

Kecha, 17 dekabr Rossiya Federasiyasi Qurolli kuchlari general-leytenanti, Radiasiya, kimyoviy va biologik mudofaa qo‘shinlari boshlig‘i 54 yoshli Igor Kirillov va uning haydovchisi generalning Moskvadagi Ryazanskiy prospektida joylashgan uyidan chiqaverishda masofadan turib ishga tushirilgan qo‘lbola portlovchi qurilmaning portlashi oqibatida halok bo‘lgan edi.

RF IIV Tergov qo‘mitasi holatni terakt deya baholagan va jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.

Shuningdek, idora rasmiysi Irina Volk kechaning o‘zidayoq gumonlanuvchi Moskva viloyati Balashixa tumani Chernoye qishlog‘ida qo‘lga olingani haqida xabar berdi.

Gumonlanuvchining shaxsiga kiritilgan aniqlikka ko‘ra, u 1995 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lib chiqmoqda.

Qayd etilishicha, qo‘lga olingan shaxs tergovga keltirilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. So‘roq paytida u Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan yollanganini aytgan. Ularning ko‘rsatmasi bilan Moskvaga kelgan va qo‘lbola portlovchi moslamani Igor Kirillov yashagan turarjoy binosi kiraverishida turgan elektr skuteriga qo‘ygan.

Harbiy xizmatchining yashash joyini kuzatish uchun u avtomashinani ijaraga olib, u yerda videokuzatuv kamerasini o‘rnatgan. Ushbu kameradan olingan kadrlar Dnepr shahridagi terakt tashkilotchilariga onlayn tarzda uzatib turilgan.

Harbiy xizmatchilarning uydan chiqishi poylab turilgan va o‘sha vaqtda portlovchi qurilma masofadan turib ishga tushirilgan.

Ushbu jinoyatni sodir etgani uchun jinoyatchiga 100 ming AQSh dollari miqdorida pul mukofoti va Yevropa davlatlaridan biriga yashash uchun borishi kafolatlangan.

Kiritildi: Bugun 13:07. O'qildi: 1726 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!