Iroq Ichki ishlar vazirligi Suriyaning hokimiyatdan ag‘darilgan prezidenti Bashar Assadning ukasi, uning o‘ng qo‘li va 4-zirhli diviziya boshlig‘i Mohir Assadning mamlakatda ekanligi haqidagi xabarlarni rad etdi. Rejim qulaganidan keyin Asadning ukasi taqdiri noma’lumligicha qolmoqda.
«Ijtimoiy tarmoqlarda Suriya sobiq prezidentining ukasi Mohir Asadning Iroq hududida bo‘lgani haqidagi xabarlar yolg‘on», dedi Iroq Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Miqdod Miriy.
roqdan rasmiy bayonot bir kun avval bir qator ommaviy axborot vositalarida Mohir Asad Suriyadan qochib ketgani va hozir Iroqda Sulaymoniya viloyatida istiqomat qilayotgani haqida xabar tarqatganidan keyin yangragan. Manbalarga ko‘ra, unga Kurdiston vatanparvarlar ittifoqi yetakchisi Bafel Talabani boshpana bergan. Iroq Kurdistoni rasmiylari xabarlarga izoh berishdan bosh tortdi.
Shu bilan birga, Suriya Inson huquqlari observatoriyasi Mohir Asad vertolyotda Iroqqa olib o‘tilgandan keyin Rossiyaga yetib kelgani haqida xabarlar paydo bo‘lganini ma’lum qildi.