Bugun 19 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Farg‘onadagi portlash qurbonlari soni oshdi

A A A
Farg‘onadagi portlash qurbonlari soni oshdi

Joriy yilning 17 dekabr soat 13:45 larda Farg‘ona shahar, Yangiyo‘l mahallasidagi “Petrolium” propan gaz quyish shoxobchasida 5 m. kub sig‘imli konteynerga gaz quyish jarayonida yoriq kelib chiqib, gaz moddasi tashqariga sizib chiqishi oqibatida, portlash va yong‘in sodir bo‘lgan.

Natijada, 1 nafar fuqaro voqea joyida halok bo‘lgan, shu hududda bo‘lgan bir nechta fuqarolar turli darajada tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan ulardan 3 nafari shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyat IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 3-qismi “a” bandi hamda 259-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirgi kunda jinoyat ishi doirasida 5 nafar shaxs prosessual tartibda qamoqqa olingan.

Holat yuzasidan tegishli ekspertizalar tayinlangan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 10:52 18.12.2024. O'qildi: 4299 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!