Qoraqalpog‘istonning Chimboy tumanida «Yusuf ota» jome masjidi o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, tumanning «Kenges» ovulida joylashgan masjid qurilishi 2020 yilda boshlangan. Hozirda masjid imorati tadbirkorlar va mahalliy aholi tomonidan qurib bitkazilgan.
Qayd etilishicha, masjidning ochilish marosimida Qoraqalpog‘iston Vazirlar kengashi raisi o‘rinbosari R.Saparbayev, Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi SH.Bauatdinov, Chimboy tumani hokimi A.Tajetdinov, Qoraqalpog‘iston Adliya vazirligi bo‘lim boshlig‘i A.Oteo‘liyev, shuningdek, masjid imomlari ishtirok etgan.
Ta’kidlanishicha, hozirda O‘zbekistondagi masjidlar soni 2101 taga, Qoraqalpog‘istondagi masjidlar soni esa 58 taga yetgan.