Bugun 10 yanvar, 2025 yil, juma

КИР

O‘zbekistonda kuniga 10 ming qadam yuradigan fuqarolar yana rag‘batlantiriladi

O‘zbekistonda kuniga 10 ming qadam yuradigan fuqarolar yana rag‘batlantiriladi

Bu «O‘zbekiston - 2030» strategiyasini «Atrof-muhitni muhofaza qilish va «yashil» iqtisodiyot yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida»gi prezident Farmonida nazarda tutilgan. Hujjatga ko‘ra, Ekologiya vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligiga 1 iyungacha «Bir million yashil oila» umummilliy harakati doirasida bir kun ichida kamida o‘n ming qadam bosib o‘tishni targ‘ib qilishni nazarda tutuvchi platformani ishga tushirish topshirildi.

Yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan shaxslarga «ekofaol fuqaro» maqomi beriladi. Ularga davlat xizmatlaridan foydalanishda, shuningdek, banklardan iste’mol krediti olishda (davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan) 10 foiz miqdorida chegirmalar taqdim etiladi. Voyaga yetgan barcha a’zolari «ekofaol fuqaro» maqomi berilgan oilalarga har yili lotereya orqali 14 ta elektromobil beriladi.

Kiritildi: Bugun 17:12. O'qildi: 591 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!