Bu bo‘yicha Prezident farmoni qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 15-maydan boshlab Kambag‘al oilalar reestriga kiritilgan va ushbu reestrga tushish xavfi bo‘lgan oilalar 🔴“qizil”, 🟡“sariq” va 🟢“yashil” toifalarga taqsimlanadi hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari ularning toifasiga qarab ko‘rsatiladi.
🔴 “Qizil” toifaga – oila a’zolarining har biriga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlaridan (669 ming so‘m) kam bo‘lgan va quyidagi mezonlarning biriga javob beradigan oilalar kiritiladi:
▪️ a’zolarining kamida 1 nafari sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra mehnat qilish imkoniyatiga ega bo‘lmagan;
▪️ parvarishga muhtoj a’zosi, shu jumladan, nogironligi mavjud farzandi bo‘lgan;
▪️ o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchi yoki yolg‘iz keksa yoxud yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxsdan iborat bo‘lgan;
▪️ boquvchisini yo‘qotgan yoki boquvchisi jazoni ijro etish muassasasida bo‘lgan oila.
🟡 “Sariq” toifaga – oila a’zolarining har biriga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlaridan kam bo‘lgan hamda a’zolari sog‘lig‘i holatiga ko‘ra mehnat qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan oilalar kiritiladi.
🟢 “Yashil” toifaga – oila a’zolarining har biriga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlarining 1 baravaridan 1,5 baravarigacha (669 ming so‘mdan 1 mln 3 ming 500 so‘mgacha) bo‘lgan va quyidagi mezonlarning biriga javob beradigan oilalar kiritiladi:
▪️ oila “qizil” yoki “sariq” toifadan chiqarilgan bo‘lsa;
▪️ oilaning Kambag‘al oilalar reestriga kiritilishi ehtimoli yuqori bo‘lsa.