1️⃣Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan baholangan Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2025 yil sentyabr oyida 1162 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 16,2 foizga hamda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan esa 18,5 foizga sezilarli darajada ortgan.
📝 IFI quyidagi komponentlar darajasidagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgan:
🔼xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bank hisobvaraqalaridagi operasiyalar soni 2,3 foizga oshgan;
🔼tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 38 foizga oshgan;
🔽faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar bo‘yicha komponent 1,3 foizga kamaygan;
🔼tovar belgilari bo‘yicha komponent 13,8 foizga ortgan.
🇺🇿 2025 yil sentyabr oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi barcha hududda o‘tgan oyga nisbatan o‘sishi kuzatilgan. Jumladan, Andijon (44,6 %), Xorazm (42,9 %), Jizzax (41,8 %) va Toshkent viloyatlarida (41,3 %) sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan.