1️⃣Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan baholangan Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2025 yil iyul oyida 1159 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 15,9 foizga hamda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan esa 14,3 foizga sezilarli darajada ortgan.
📝 IFI quyidagi komponentlar darajasidagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgan:
🔼xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bank hisobvaraqalaridagi operasiyalar soni 3 foizga ortgan;
🔼tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 33,2 foizga oshgan;
🔼tovar belgilari bo‘yicha komponent 51 foizga ortgan.
🇺🇿 2025 yil iyul oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi 11 ta hududda o‘tgan oyga nisbatan o‘sishi kuzatilgan. Jumladan, Buxoro (47,9 %), Surxondaryo (42,8 %), Namangan (35,4 %) va Samarqand viloyatlarida (33,8 %) sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan.