Bugun 21 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistonda ish joyidagi baxtsiz hodisalarda 146 kishi vafot etdi

O‘zbekistonda ish joyidagi baxtsiz hodisalarda 146 kishi vafot etdi

O‘zbekistonda 2026 yilning yetti oyi davomida mehnat faoliyati bilan bog‘liq 529 ta baxtsiz hodisa qayd etildi. Ularda jami 580 nafar fuqaro jabrlangan bo‘lib, 146 nafari vafot etgan, 402 nafari og‘ir va 22 nafari yengil jarohat olgan.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, qayd etilgan baxtsiz hodisalarning 24 tasi guruhiy tusda bo‘lgan. Shuningdek, 372 ta og‘ir oqibatli va 132 ta o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan.

Hududlar kesimida eng ko‘p baxtsiz hodisa Toshkent shahrida qayd etilgan — 95 ta. Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati 58 ta, Samarqand viloyati 53 ta, Qashqadaryo viloyati 38 ta, Buxoro viloyati 34 ta va Andijon viloyati 33 ta holat bilan qayd etilgan.

O‘zbekistonda ish joyidagi baxtsiz hodisalarda 146 kishi vafot etdi

Sohalar bo‘yicha esa baxtsiz hodisalar eng ko‘p sanoatda — 168 ta hamda qurilishda — 159 ta sodir bo‘lgan. Savdo va xizmatlar sohasida 22 ta, transport va logistikada 20 ta, sog‘liqni saqlashda 16 ta, qishloq va suv xo‘jaligida 15 ta hamda ta’lim sohasida 14 ta holat qayd etilgan.

Baxtsiz hodisalar natijasida jabrlanganlarga 11 mlrd 379 mln so‘m miqdorida bir yo‘la beriladigan va oyma-oy to‘lanadigan zarar pullari undirib berilgan.

Keltirilgan statistika mehnat xavfsizligi talablariga rioya etish va ish joylarida xodimlar hayoti hamda salomatligini muhofaza qilish masalasi dolzarbligicha qolayotganini ko‘rsatadi.

Kiritildi: 12:05 11.08.2026. O'qildi: 1468 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!