Bugun 20 sentyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

«Real» 1987 yildan beri qila olmagan ishni Flikning «Barselona»si ikkinchi bor uddaladi

«Real» 1987 yildan beri qila olmagan ishni Flikning «Barselona»si ikkinchi bor uddaladi

«Barselona» La Liganing 2026/27 yilgi mavsumini ketma-ket yettita g‘alaba bilan boshladi.

7-turda Xans-Diter Flik jamoasi «Sevilya»ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi va chempionat startida 7 o‘yindan 7 ta g‘alaba qayd etdi.

La Liga tarixida bunday natija juda kam kuzatilgan. Ilgari chempionatni ketma-ket yettita g‘alaba bilan «Espanyol» 1952/53 mavsumida, «Real» 1961/62, 1968/69 va 1987/88 mavsumlarida, Xixonning «Sporting» klubi 1979/80 mavsumida, «Atletiko» 2013/14 mavsumida hamda «Barselona» 2013/14, 2017/18, 2024/25 va 2026/27 mavsumlarida boshlagan.

Qayd etish joiz, joriy «Barselona» ushbu jamoalar orasida dastlabki 7 turda eng ko‘p gol urgan — kataloniyaliklar hisobida hozircha 31 ta to‘p bor.

Xans-Diter Flik «Barselona»ni 2024 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida kataloniyaliklar ikkinchi marta La Ligadagi dastlabki yettita o‘yinning barchasida g‘alaba qozondi.

Kiritildi: Bugun 08:30. O'qildi: 444 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!