Ma’lumotlarga ko‘ra, sutka boshidan buyon Vnukovoda 129 ta, Sheremetevoda 247 ta, Domodedovoda 27 ta reys kechiktirilgan. Shuningdek, ba’zi reyslar bekor qilingan.
Rosaviasiya tomonidan parvozlarga qo‘yilgan cheklovlar keyinchalik olib tashlangan.
Avvalroq Rosaviasiya Moskvaning Vnukovo, Domodedovo, Sheremetevo va Jukovskiy aeroportlarida parvozlarga cheklovlar joriy etidganini xabar bergan edi.