Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

O‘zbekistonda ilk rivojlanish markazlari tashkil etiladi

O‘zbekistonda ilk rivojlanish markazlari tashkil etiladi

Ilk rivojlanish markazlari tashkil etiladi

Hukumat qarori (439-son, 14.07.2025 y.) bilan “Ilk rivojlanish markazlari to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

🏛 Nizom maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan hamda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha Ilk rivojlanish markazlarini tashkil etish tartibini belgilaydi.

📙 Markazlar 3–6 yoshli bolalarni, xususan, kambag‘allik darajasi yuqori va alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan oilalar farzandlarini qamrab olgan holda tashkil etiladi.

✔️ Markazlar quyidagi 2 ta model asosida faoliyat ko‘rsatadi:

🔹 maxsus maktabgacha ta’lim xizmati modeli – pedagoglar tomonidan alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan oilalarning 2–7 yoshli farzandlari uchun yashash xonadoniga borgan holda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish;

🔹 o‘yin guruhi modeli – 3–6 yoshli bolalar uchun Markazlarda tashkil etilgan qisqa muddatli (3,5–4 soat) guruh.

📝 Markazlar tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi huzurida tashkil etiladi.

⛔️ Markazlarga qabul qilingan barcha tarbiyalanuvchilardan ota-ona to‘lovi undirilmaydi.

Kiritildi: 19:24 15.07.2025. O'qildi: 571 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!