O‘zbekistonda ilk bor qon plazmasidan inson albumini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Bu tibbiyot sohasida muhim qadam bo‘lib, mahalliy farmasevtika sanoatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Mazkur loyiha orqali zarur tibbiy preparatni mahalliylashtirish, importga bo‘lgan qaramlikni kamaytirish hamda aholini sifatli dori vositalari bilan ta’minlash imkoniyati kengayadi.