Bugun 5 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

Marg‘ilondagi maktabda erkak 5-sinf o‘quvchisi va uning onasini do‘pposladi

Marg‘ilondagi maktabda erkak 5-sinf o‘quvchisi va uning onasini do‘pposladi

Marg‘ilon shahridagi maktabda bezorilik qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 2 mart kuni fuqaro M.K. (videotasvirdagi ayol) Marg‘ilon shahar, Istiqlol mahallasidagi 25-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga 5-sinfida o‘qiydigan o‘g‘li M.E.ni ko‘rgani borgan vaqtida, fuqaro J.X. (videotasvirdagi erkak) uning farzandini do‘pposlab urayotganligini ko‘rib, ajratmoqchi bo‘lgan. Biroq, fuqaro J.X. bezorilik harakatlarini davom ettirib, M.K. va M.E. ni badanining turli joylariga urib, qasddan tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan J.X.ga nisbatan Marg‘ilon shahar IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Jinoyat prosessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlandi.

Kiritildi: Bugun 10:49. O'qildi: 870 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!