Qo‘shma Shtatlar va Fors ko‘rfazining yana bir davlati Eronga qarshi qo‘llash uchun Ukrainaning dron-tutqichlarini sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda "Financial Times" gazetasi o‘z manbalariga tayanib yozmoqda.
"Pentagon va Fors ko‘rfazi davlatlaridan kamida bittasining hukumati Eron uchuvchisiz uchish apparatlari hujumlarini qaytarish uchun Ukrainada ishlab chiqarilgan dron-tutqichlarni sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda", — deyiladi materialda.