Bugun 5 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

Eron prezidenti Ispaniyaga minnatdorchilik bildirdi

Eron prezidenti Ispaniyaga minnatdorchilik bildirdi

Masud Pezeshkian Ispaniyaning AQShga o‘z harbiy bazalaridan foydalanishga ruxsat bermagani uchun rasmiy Madridga minnatdorchilik bildirdi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozdi.

Eron rahbariga ko‘ra, Ispaniyaning bu qarori G‘arbda hali ham axloq va vijdon mavjudligini ko‘rsatadi.

«Ispaniyaning Eron kabi davlatlarga qarshi sionist-amerika koalisiyasining inson huquqlarini qo‘pol ravishda buzishi va harbiy tajovuziga qarshi mas’uliyatli pozisiyasi G‘arbda axloq va uyg‘ongan vijdon hali ham borligini ko‘rsatadi», — deb yozdi Pezeshkian.

Shuningdek, u Ispaniya rasmiylariga tutgan pozisiyasi uchun alohida minnatdorchilik bildirdi.

Kiritildi: Bugun 16:21. O'qildi: 995 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!