Bugun 5 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

Eron Xominaiy rahbarligida mamlakat oliy qo‘mondonligi ishlab chiqqan rejani amalga oshirmoqda

Eron Xominaiy rahbarligida mamlakat oliy qo‘mondonligi ishlab chiqqan rejani amalga oshirmoqda

Eron AQSh va Isroil hujum qilgan taqdirda amalga oshiriladigan harakatlar rejasiga ega bo‘lgan, bu Yaqin Sharqni urushga tortishni ko‘zda tutardi — Financial Times.

Eron AQSh va Isroilga qarshi urushda 2025 yil iyunidagi 12 kunlik urushdan keyin oyatulloh Ali Xominaiy rahbarligida mamlakat oliy qo‘mondonligi ishlab chiqqan rejani amalga oshirmoqda. Uni yangi mojaro ehtimoli hisobga olingan holda ishlab chiqishgan, deya yozmoqda Financial Times nashri Eron rahbariyatidagi manbaga asoslanib.

Reja butun Yaqin Sharqda xaos boshlanishi va jahon bozorini larzaga keltirishni nazarda tutardi. Bundan maqsad AQSh va Isroilga bosim o‘tkazib, ularni urushni to‘xtatishga majbur qilish edi.

"Reja mintaqadagi energetika ob’ektlariga hujum qilish va aviaqatnovlarni izdan chiqarishni o‘z ichiga olgan. Eskalasiya va hamma ko‘rishi uchun katta yong‘in uyushtirishdan boshqa ilojimiz yo‘q edi. “Qizil chiziqlarimiz” barcha xalqaro me’yorlarga zid ravishda kesib o‘tilganida, biz endi o‘yin qoidalariga rioya qila olmasdik", – dedi nashr suhbatdoshi.

FT'ning yozishicha, rejaning bir qismi harbiy qarorlarni qabul qilishni nomarkazlashtirishdan iborat – bu orqali turli harbiy qismlar oldindan olingan umumiy ko‘rsatmalar asosida alohida harakat qilishlari mumkin edi.

Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar va Fors ko‘rfazining boshqa mamlakatlariga hujumlar Eron tomonidan ishlab chiqilgan strategiyaning bir qismidir. Bu amerikaliklar bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday joy endi xavfsiz bo‘lmasligi, shuningdek, investorlarning mintaqadan chiqib ketish xavfini keltirib chiqarishi ko‘zda tutilgan. Bundan maqsad – beqaror vaziyat tufayli kapital qochishi xavfi ostida qolgan arab davlatlarini AQShga operasiyani to‘xtatish uchun bosim o‘tkazishga majbur qilish.

Kiritildi: Bugun 09:47. O'qildi: 793 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!