AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi Erondagi ichkarisida rejimga qarshi isyon ko‘tarilishi uchun mamlakatdagi muxolifatchi kurd kuchlarini qurollantirish ustida ishlamoqda — CNN.
Telekanal suhbatdoshlaridan birining so‘zlariga ko‘ra, ushbu g‘oya kurd qurolli kuchlari Eron xavfsizlik kuchlari bilan jangga kirishishi va ularni o‘ziga jalb etib, yirik shaharlardagi oddiy aholining namoyishlarga chiqishini osonlashtirishini ko‘zda tutadi.
Amerikalik boshqa bir mulozim esa kurdlar mintaqada tartibsizlik keltirib chiqarishga va Eron rejimining harbiy resurslari maksimal darajada sochilishiga yordam berishi mumkin. Yana bir g‘oyaga ko‘ra, kurdlar Eron shimoliy qismidagi hududni egallashi va Isroil uchun bufer zona yaratishi mumkin bo‘ladi.
Eron kurdlari vakilining so‘zlariga ko‘ra, 3 mart kuni Donald Tramp Eron Kurdistoni Demokratik partiyasi prezidenti Mustafo Hijriy bilan bog‘langan. Tramp ma’muriyati Iroq kurdlari bilan ham muhokama olib bormoqda. Erondagi kurdlarni qurollantirishga bo‘lgan har qanday urinish Iroq kurdlari qurol-yarog‘ tranzitiga va Iroq Kurdistonidan plasdarm sifatida foydalanishga ruxsat berishini talab qiladi, deyiladi CNN xabarida.
"Kurdlar yaqin kunlarda operasiyada ishtirok etishi kutilmoqda. Hozir bizda katta imkoniyat borligiga ishonamiz. Kurd ko‘ngillilari AQSh va Isroilning qo‘llab-quvvatlashiga umid qilmoqda", – degan CNN suhbatdoshi.