AQSh va Isroil Eronga qarshi urushda mustahkam pozisiyani egallab turibdi, dedi chorshanba kuni AQSh prezidenti Donald Tramp va Islom Respublikasiga qarshi «hujumni davom ettirish»ga va’da berdi.
Tramp qo‘shimcha qilishicha, o‘ldirilgan Eron oliy rahbari oyatullo Ali Xomanaiyning ehtimoliy vorislari «oxir-oqibat halok bo‘ladi», Tehronning ballistik raketalar arsenali esa «tez sur’atlarda yo‘q qilinmoqda».
«Biz, yumshoq aytganda, juda yaxshi ishlayapmiz. Kimdir mendan buni o‘n ballik shkala bo‘yicha qanday baholaysiz, deb so‘rasa, Men 15 derdim», — dedi Tramp Oq uyda texnologik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuvda. — «Hozir biz juda kuchli pozisiyadamiz, ularning rahbariyati esa tez sur’atlarda yo‘qolmoqda. Kim yetakchi bo‘lishni istasa, oxir-oqibat halok bo‘ladi».
Isroil va AQShning Eronga qarshi harbiy operasiyasi beshinchi kuniga o‘tgan bir paytda, Tramp yana bir bor uning sababi Eronning yadroviy ambisiyalari ekanini ta’kidladi.
«Aqli joyida bo‘lmaganlar qo‘lida yadroviy qurol bo‘lsa, yomon ishlar sodir bo‘ladi», — dedi Tramp.