Bugun 17 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistonda hafta davomida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin

O‘zbekistonda hafta davomida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Ish haftasi davomida O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Aksariyat viloyatlarda kunduzgi havo harorati +33…+38 daraja atrofida, janubda ba’zi joylarda +40…+43 darajagacha bo‘ladi. Harorat kechalari +18…+23 daraja bo‘lishi kuzatiladi.

Respublika shimoli-g‘arbiy hududlarida 17–19 avgust kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Shamol 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13−18 metr/soniyagacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Shimolda 21 avgust kuni shamol kuchayishi 22−25 metr/soniyaga yetadi.

Toshkent shahrida havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarilik kutilmaydi. Havo harorati dushanba kunduzi +35 daraja atrofida, keyinchalik ish haftasi oxirigacha kechalari +20…+23 daraja, kunduz kunlari +35…+38 daraja bo‘ladi.

Shamol sharqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 10−14 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 14:08. O'qildi: 398 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!