Bugun 17 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Izroil Eronning raketa salohiyati tez tiklanayotganidan xavotirda

Izroil Eronning raketa salohiyati tez tiklanayotganidan xavotirda

Isroil harbiylari va razvedkasi Eron 2026 yilgi urushdan keyin ballistik raketalar ishlab chiqarishni kutilganidan tezroq tiklayotganidan xavotirda.

The Jerusalem Post nashriga ko‘ra, Tehron harbiy salohiyatini Isroil kutganidan tezroq tiklamoqda.

Isroil Eron raketa ishlab chiqarishini tiklashga ancha ko‘p vaqt ketadi, deb hisoblagan edi. Biroq Tehron ishlab chiqarishni prognozlardan tezroq qayta yo‘lga qo‘ygan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yil iyunida Eronda taxminan 1,3 mingta ballistik raketa bo‘lgan bo‘lsa, 2026 yil fevraliga kelib ularning soni 2,5 mingtaga yetgan.

Endi Isroilni raketalar sonidan ko‘ra, Eronning ularni tez ishlab chiqarish qobiliyati ko‘proq tashvishga solmoqda. Agar Tehron har oy 100–300 ta ballistik raketa ishlab chiqara olsa, 2027 yilning birinchi yarmida arsenalini urushdan oldingi darajaga yaqinlashtirishi mumkin.

Isroil armiyasi Eronning harbiy salohiyati tiklanishini kuzatishda davom etmoqda, ammo operativ sabablarga ko‘ra aniq raqamlar va yangi baholarni oshkor qilmayapti.

Kiritildi: 21:35 16.08.2026. O'qildi: 316 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!