Bugun 17 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Vuchich Yevropada katta urush xavfi borligini aytdi

Vuchich Yevropada katta urush xavfi borligini aytdi

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich Welt am Sonntag gazetasiga bergan intervyusida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainada Donbass ustidan nazorat o‘rnatishni maqsad qilgan bo‘lishi mumkinligini aytdi. Uning fikricha, shundan so‘ng Rossiya urushni tugatishga tayyor bo‘lishi mumkin.

Vuchich Serbiya ham rossiyaliklarni, ham ukrainaliklarni do‘st deb bilishini ta’kidladi. Uning aytishicha, Belgradning strategik maqsadi — Evropa Ittifoqiga qo‘shilish, biroq Serbiya Rossiya, Xitoy, Hindiston va boshqa davlatlar bilan munosabatlarni ham saqlab qolmoqchi.

Vuchich Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi qarama-qarshilikni baholashda har ikki tomon nuqtai nazarini tushunish zarurligini aytdi. U Serbiya Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini, ammo tinchlik urushdan afzal ekanini ta’kidladi.

Evropada besh yildan keyin tinchlik bo‘ladimi, degan savolga Vuchich shunday javob berdi: «Menimcha, biz katta urushning boshida turibmiz». Uning fikricha, dunyoda AQSh va Xitoy asosiy superdavlatlar bo‘lib qoladi, Yevropa Ittifoqi esa ular qatoriga qo‘shilishi mumkin.

Kiritildi: 22:06 16.08.2026. O'qildi: 432 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!