"AQSh tomonidan to‘sqinliklar bo‘lishiga qaramay, ushbu muzokaralarda oxirgi uch haftada ijobiy va istiqbolli ilgarilish bo‘ldi, dengiz yo‘nalishlari xaritasi bo‘yicha kelishuvga erishildi", — dedi u.
Baqoiy Eron – O‘mon kelishuvi ikkala mamlakat suverenitetini saqlab qolgan holda Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali xavfsiz o‘tishni ta’minlashga qaratilgan ikki davlat o‘rtasidagi mustaqil bitim ekanini bildirdi.
Shuningdek, u Ho‘rmuz bo‘g‘ozida xavfsizlikni va savdo kemalarining normal harakatini to‘liq tiklash jarayoni AQSh tomonidan joriy etilgan noqonuniy harakatlar, aralashuvlar, tahdidlar va harbiy-dengiz blokadasining to‘xtatilishiga, shuningdek, oxirgi ikki oy davomida sodir bo‘lgan majburiyatlar buzilishi uchun kompensasiya to‘lanishiga bog‘liqligini ta’kidladi.