Bugun 17 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

“Tolibon” AQShni Afg‘onistonga qaytishga chaqirdi

“Tolibon” AQShni Afg‘onistonga qaytishga chaqirdi


AQSh kuchlari Afg‘onistonni tark etganidan besh yil o‘tib, “Tolibon” hukumati amerikaliklarga yana mamlakatga qaytishni taklif qilmoqda. Biroq Kobul bu safar harbiylar emas, balki diplomatlar va sarmoyalarni kutmoqda.

Bu haqda “Tolibon” hukumati tashqi ishlar vaziri Amir Xon Muttaqiy Kobulda The New York Times nashriga intervyusida ma’lum qildi.

"Biz urush sahifasi yopildi deb hisoblaymiz. Endi o‘zaro hurmatga asoslangan munosabatlar va ijobiy hamkorlikning yangi davrini boshlamoqchimiz", — dedi Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri.

Uning ta’kidlashicha, AQSh Kobulda o‘z elchixonasini qayta ochishi, diplomatik ishtirokini saqlab qolishi hamda Afg‘onistonning boy mineral resurslari, to‘g‘onlari va yo‘llariga sarmoya kiritishi mumkin. Vaholanki, Qo‘shma Shtatlar va ularning ittifoqchilari bu loyihalarni rivojlantirish uchun milliardlab dollar sarflagan, “Tolibon” esa 20 yil davomida ularni yo‘q qilishga urinib kelgan edi.

Kobul siyosatidan xabardor sobiq AQSh va Afg‘oniston rasmiylarining ta’kidlashicha, “Tolibon” hukumati Donald Tramp ma’muriyati bilan munosabatlarni tiklashni o‘z diplomatik sa’y-harakatlarining eng oliy yutug‘i deb bilgan bo‘lardi. Chunki Tramp ma’muriyati tijorat diplomatiyasiga moyil va inson huquqlariga unchalik e’tibor qaratmaydi.

Kiritildi: 20:05 16.08.2026. O'qildi: 581 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!