Bugun 17 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Krishtianu Ronaldu shu yil futboldan ketishi mumkin

Krishtianu Ronaldu shu yil futboldan ketishi mumkin

Krishtianu Ronaldu shu yil futboldan ketishi mumkinligini ma’lum qildi.

41 yoshli portugaliyalik futbolchi bu haqda Vogue nashriga bergan intervyusida aytdi.

"2026 yil men uchun futboldagi oxirgi yil bo‘lishi mumkin. Men o‘zimdan keyin hamma sog‘inadigan tarix qoldirishni va kelajakda oilam bilan ko‘proq vaqt o‘tkazishni xohlayman. Futbol o‘zidan keyin katta bo‘shliq qoldirishi mumkinligi sababli, uni turli mashg‘ulotlar bilan to‘ldirish kerak.

Ko‘proq sayohat qilish, o‘zimga yoqadigan o‘yinlar o‘ynash va ushbu 25 yil davomida ishlab topganlarimdan bahramand bo‘lishni istayman", — dedi Ronaldu.

Krishtianu Ronaldu besh karra Chempionlar ligasi g‘olibi, Yevropa chempioni va ikki karra Millatlar Ligasi g‘olibi. U milliy jamoalar, Yevropa chempionatlari, Chempionlar ligasi va Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchi hisoblanadi.

Ronaldu 2022 yil dekabridan beri Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubida o‘ynab kelmoqda. Hujumchi faoliyati davomida Portugaliyaning “Sporting”, Angliyaning “Manchester Yunayted”, Italiyaning “Yuventus” va Ispaniyaning “Real Madrid” klublari safida ham to‘p tepgan.

Kiritildi: 22:40 16.08.2026. O'qildi: 1078 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!