Dunyoning har bir davlatida urug‘lik va ko‘chatlardan tortib qishloq xo‘jaligi mahsulotlarigacha bo‘lgan barcha o‘simlik mahsulotlari importi va eksporti fitosanitariya sertifikati bilan amalga oshirilishi kerak. Mahsulot eksporti bir necha bosqichlarni o‘z ichiga oladi.
Avvalo, tegishli va majburiy tartibda ichki fitosanitariya nazorati inspektori tekshirish o‘tkazib, keyin tegishli xulosa chiqaradi. Keyingi bosqichda Markaziy fitosanitariya laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan ekspertiza o‘tkaziladi.
Keyingi, uchinchi bosqichda tashqi iqtisodiy faoliyat inspektori ichki karantin bo‘yicha inspektorning xulosasini o‘rganadi, ko‘rsatilgan mahsulotlarning hujjatdagi nomenklaturaga muvofiqligini tekshiradi va shundan keyingina fitosanitariya sertifikati beriladi.