Ukraina Qurolli Kuchlari Xarkov viloyatidagi Lipsi qishlog‘i atrofidagi pozisiyalari ustidan nazoratni qayta o‘rnatdi va "Berlin" nomi bilan tanilgan o‘rmon hududini Rossiya kuchlaridan ozod qildi. Bu haqda "Xarkov" operativ-taktik guruhi spikeri Pavel Shamshin milliy telemarafon efirida xabar berdi.
Uning aytishicha, 5,5 oy davom etgan operasiya Milliy gvardiyaning 13-"Xartiya" brigadasi va 92-alohida shturm brigadasi jangchilarining harakatlari tufayli muvaffaqiyatli yakunlandi.
"Hudud taxminan 200 gektar yoki 2 kvadrat kilometrdan ortiq maydonni egallaydi, biroq uning ahamiyati o‘lchamlaridan ham muhimroq. Lipsi atrofida asosiy balandliklar joylashgan bo‘lib, ulardan ochiq havoda Xarkovning shimoliy hududlari, jumladan Saltovka ko‘rinib turadi," deya izoh berdi Shamshin.
U ta’kidlaganidek, Lipsi va bu balandliklar Rossiya Federasiyasi armiyasining bir yil oldin - 10 mayda boshlangan hujumining asosiy maqsadlaridan biri edi. Ushbu jang davomida ruslar 1500 askar hamda ko‘plab qurol-yarog‘ va harbiy texnikalarini yo‘qotdi.