E’lon qilingan bayonotga ko‘ra, Vladimir Putin Si Jinpinga Rossiya oldindan shartlarsiz tinchlik muzokaralarini boshlashga tayyorligini bildirgan va “adolatli hamda mustahkam tinchlik kelishuviga erishishga umid qilayotganini” aytgan.
"XXR raisi Si Jinpin Pekin umumiy, har tomonlama, qo‘shma va barqaror global xavfsizlik konsepsiyasi tarafdori ekanini ta’kidlab, barcha davlatlarning qonuniy xavfsizlik manfaatlari jiddiy qabul qilinishi, inqirozning sabablarini bartaraf etish kerakligini aytdi. Xitoy barcha tomonlar uchun maqbul bo‘lgan, adolatli va mustahkam tinchlik kelishuviga dialog orqali erishilishiga umid bildirdi", deyiladi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.